
"Yuventus" bu yil ham chempion bo‘la olmaydi
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello “Yuventus” bu mavsum ham A Seriyada chempion bo‘la olmasligini aytdi.
“Yuventus” chempionlik poygasidan chiqib ketdimi? Men uchun, ha. U allaqachon peshqadamlardan ancha ortda qolib ketdi. Bu juda qiyin chempionat va agar siz “Napoli”, “Milan”, “Inter” va “Roma” kabi jamoalardan ochko olishingiz kerak bo‘lsa, hamma narsa yanada qiyinlashadi”, - dedi Kapello.
Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” ortda qolgan 7 ta turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 11 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Napoli” hisobida 21 ochko bor.
Fikrlar