"Yuventus" bosh murabbiyi "Inter"ni chempionlik bilan tabrikladi

  • 15 may, 2021, 00:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Inter"ni chempionlik bilan tabrikladi. U bu haqda "neradzurrilar"ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Tecno

"Inter"ni chempionlik bilan tabriklayman, bu jamoa bizdan ko‘ra yaxshiroq va g‘alaba qozonishga chanqoq edi. Ba’zi futbolchilar bizga yordam bera olmaganidan afsusdaman, ammo afsuslanish ambitsiyaning bir qismidir.

Ertaga biz yangi chempionga qarshi o‘ynaymiz, bu motivatsiya. Biz Chempionlar ligasi uchun kurashayotganimizni unutmang. "Inter"ni yana bir bor tabriklayman, ammo biz ham bu mavsumda ko‘proq natijaga erishishimiz mumkin edi”, - dedi Pirlo.

“Inter” A Seriyada muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Yuventus” esa 36 turdan so‘ng 5-o‘rinda bormoqda. Bu o‘rin yangi mavsumda EChLga yo‘llanma bermaydi.

"Yuventus" - "Inter" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!