
"Yuventus" "Bavariya"dagi vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Aleksandr Nyubelning "Bavariya"ga transferidan norozi bo‘lmoqda.
France Football nashri xabariga ko‘ra, Myunxen klubi direktori Xasan Salixamidjich Noyerdan keyingi mavsumda Nyubel uchun 15 ta o‘yin ajratib berishini so‘ragan, biroq jahon chempioni klub direktoriga qat’iyan rad javobini bergan.
Manbaga ko‘ra, Voytsex Shensni va Janluiji Buffondek darvozaboni bo‘lgan "Yuventus" ushbu vaziyatdan foydalanib, Manuel Noyerni Turinga olib kelishga urinib ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Nyubel joriy mavsum so‘nggigacha "Shalke"da to‘p suradi va yangi mavsumdan erkin agent maqomida "Bavariya" safiga kelib qo‘shiladi.
Fikrlar