
"Yuventus" "Barselona" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"Barselona" futbolchisi Frank Kesse Italiyaga yo‘l olishi mumkin. Unga "Yuventus" qizqimoqda, deya xabar berdi "Diario Sport" nashri. Turinliklar yarim himoyachi bilan tez orada aloqaga chiqadi.
"Barsa" yozda bir qancha transferlarni amalga oshirmoqchi. Shu sababli, ayrim futbolchilar klubni tark etishi mumkin. Kataloniyaliklar Kesseni qo‘yib yuborishni istamayadi, lekin yaxshi taklif kelsa, o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Frank mavsum boshida Ispan grandi tarkibiga kelib qo‘shilgandi. 26 yoshli yaim himoyachi ko‘p o‘yin amalaliyotiga ega bo‘lgani yo‘q. U 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar