
“Yuventus” asosiy hujumchisini hech kimga bermaydi
Turin klubi koronavirusdan sog‘ayib safga qaytgan Paulo Dibalaga yangi shartnoma taqdim etmoqda.
Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi bilan yana besh yilga hamkorlik qilinadi. Shartnomani imzolash bo‘yicha muzokaralar futbolchining agenti Turinga etib kelishi bilan boshlanadi.
Ayni paytda Dibala yiliga 7,5 million evro maosh olmoqda. Yangi shartnomada maosh oshiriladi va unga turli bonuslar qo‘shiladi.
Fikrlar