
"Yuventus" "Arsenal" himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin yozda jamoa ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
The Daily Express nashriga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi uchun "Sevilya", "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ta’kidlanishicha, ispan klubi futbolchining mutasaddilari bilan aloqaga chiqib, transfer masalalarini muhokama qilib ulgurgan.
Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda Belerin APLda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar