
"Yuventus" antiqa transferni amalga oshirdi. Yoshlar jamoasi uchun 32 yoshli futbolchini sotib oldi
“Yuventus” rahbariyati antiqa transferni amalga oshirdi. Aniqrog‘i, turinliklar hujumchi Andrea Brigenti bilan shartnoma imzoladi.
Qizig‘i shundaki, 32 yoshli futbolchi “Yuve”ning U-23 jamoasida to‘p suradi. Andrea faoliyati davomida hech qachon A Seriyada o‘ynamagan. Uning eng yuqori cho‘qqisi B Seriya bo‘lgan.
“Yuventus”ning yoshlar jamoasini Andrea Pirlo boshqarishi kerak edi. Ammo Mauritsio Sarri iste’foga chiqarilgach, Pirlo asosiy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Fikrlar