
"Yuventus" 5 ta hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Turinning "Yuventus" klubi joriy yozgi transferlar davrida o‘zining hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “keksa sinora” bu borada 5 ta hujumchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bular: Dushan Vlaxovich ("Fiorentina"), Mauro Ikardi (PSJ), Arkadiush Milik ("Napoli"), Gabriel Jezus ("Manchester Siti") va Andrea Belotti ("Torino").
Hozircha ushbu hujumchilar orasida “Yuventus” Vlaxovich nomzodini yuqoriroq baholamoqda. Aytish kerakki, Dushan o‘tgan mavsum "Fiorentina" safida A Seriyada 37 ta o‘yinda 21 ta gol urib, jamoa to‘purari bo‘lgan.
“Yuventus” yakunlangan mavsum A Seriyada arang 4-o‘rinni egalladi va UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Fikrlar