"Yuventus" 2 nafar jahon chempioni bilan xayrlashadi

  • 25 may, 2023, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turinning “Yuventus” klubi joriy mavsum yakunida ikki nafar argentinalik yarim himoyachisi bilan xayrlashadi. Gap Leandro Paredes va Anxel di Mariya haqida ketmoqda.

Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, “keksa sinora” rahbariyati janubiy amerikaliklar bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa, di Mariya erkin agent sifatida ketadi, ijaraga olingan Paredes esa yana PSJga qaytarib yuboriladi.

Anxel di Mariya joriy mavsum “Yuventus” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Leandro Paredes esa 37 uchrashuvda bitta gol urgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!