"Yuventus" - "Napoli" bahsining taqdiri nima bo‘ladi?

  • 5 oktabr, 2020, 01:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 3-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Napoli" uchrashuvi o‘tkazilmadi. Boisi, neapolliklar uchrashuvda ishtirok etish uchun Turinga etib kela olmadi.

Tecno

Shunga qaramay, maydon egalari ushbu bellashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qilgan va o‘yin vaqtida maydonga tushish uchun tayyor bo‘lib turgan edi. "Yuventus"ning "Napoli"ga qarshi asosiy tarkibidan Shensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Artur, Bentankur, Kuadrado, Remzi, Kulusevski, Dibala va Ronaldu o‘rin olgandi.

Bunday vaziyatda "Napoli"ga texnik mag‘lubiyat yozilishi zarur. Ammo neapolliklar bu vaziyat bo‘yicha o‘z e’tirozlarini bildirishi ham ehtimoldan holi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!