
“Yuve” Ronaldu bilan o‘ynash uchun oltita superyulduzni ko‘zlamoqda
“Yuventus” rahbariyati klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan Paulo Dibalani boshqa futbolchilarga almashtirish variantini o‘rtaga tashladi.
Argentinalik futbolchi bir yildan ortiq vaqt davomida maosh masalasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Klub unga yiliga 10 million evro taklif qilmoqda. Dibala bu summani 15 millionga ko‘tarishni talab qilib, yangi shartnomani bir necha marotaba rad etdi.
Avvalroq, turinliklar bu hujumchini yozda sotib yuborishini bildirgandi. Biroq, Pauloning o‘zi zaxirada o‘tirsa ham, klubdan ketmasligini uqtirdi.
Endi Andrea Pirlo rokirovka masalasini hal qilishi kerak. U jamoaga deyarli foydasi tegmayotgan Dibalani olti nafar mashhur futbolchidan biriga almashtirmoqchi.
Turinlar ro‘yxatidan “Barselona” vakili Usmon Dembele, “Manchester Yunaytel” yarim himoyachisi Pol Pogba, “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus, “Pari Sen-Jermen” o‘yinchisi Mauro Ikardi va “Atletiko”ning eng qimmat futbolchisi Joau Felish o‘rin olgan.
Fikrlar