
"Yuve" "Barsa" futbolchisini xarid qilish uchun Matyuidini sotmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, Rakitich turinliklar safiga o‘tishga qiziqmoda. Ammo, "Yuventus" o‘z futbolchilaridan biri bilan xayrlashmas ekan, xorvatiyalik futbolchini qo‘lga kirita olmaydi.
Bu borada, 2020 yili shartnomasi o‘z nihoyasiga etadigan Blez Matyuidi eng ma’qul nomzod bo‘lib turibdi.
Shu qatorda, Ivan Rakitich APL klublariga o‘tishga rozilik ermayapti. "Barselona" esa futbolchini arzon narxga qo‘yib yubormoqchi emas. Angliya klublaridan biri yarim himoyachi uchun 15 mln evro taklif qilgan edi, biroq Kataloniya klubi futbolchining transferidan 35 mln ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, Madridning "Atletiko" klubi Rakitich uchun 40 mln evro berishga tayyor ekanligi xabar qilingandi.
Fikrlar