Yutsak, hammangi bir million evrodan olasan!

  • 5 iyul, 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashayotgan futbolchilarga xushxabar aytdi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” rahbariyati bu musobaqani strategik ahamiyatga ega, deb hisoblamoqda.

Shu bois, klub xo‘jayinlar  bu turnirda jamoa g‘olib chiqadigan bo‘lsa, har bir futbolchi uchun bir million evrodan mukofot puli ajratadi.

Bu “Real” tomonidan klub tarixida qisqa muddatli turnir uchun to‘lanadigan eng katta mukofot hisoblanadi.

Madridliklar yangi formatda o‘tkazilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining nufuzini Evropa Chempionlar ligasi darajasiga teng ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!