Yuriy Sarkisyan "Neftchi"ning o‘yinini maydon chetidan kuzatdi va yangi murabbiyga to‘n kiydirdi. O‘zi esa Farg‘onaga taklif qilindi (Foto)

  • 17 iyul, 2022, 18:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Farg‘onaliklar yig‘in davomida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda. 

Tecno

13 iyul kuni "Neftchi" klubi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida Pro liga vakili Yangiyerning "Yangier-Quruvchi" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda farg‘onaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Shu kungi bahsni "Neftchi"ning sobiq murabbiyi Yuriy Sarkisyan ham maydon chetida kuzatib bordi. O‘yindan oldin esa Yuriy Vazgenovich jamoa va uning hozirgi yangi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga omad tilab, unga to‘n kiydirdi. O‘z navbatida Vitaliy Levchenko ham Yuriy Sarkisyanni "Istiqlol" stadionidagi ochilish o‘yiniga taklif qildi.

photo_2022-07-13_22-29-36

photo_2022-07-13_22-30-09

photo_2022-07-13_22-30-06

photo_2022-07-13_22-39-44

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!