
Yurgen Klopp poker qayd etgan shogirdi haqida fikr bildirdi
Kecha "Liverpul" o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Leyptsig"ga qarshi bahs olib bordi. Unda mersisaydliklar yirik 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan so‘ng "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp poker muallifi bo‘lgan Darvin Nunez haqida gapirib o‘tdi.
"Darvin uchun ajoyib oqshom bo‘ldi. Odamlar ko‘p pul to‘langan futbolchilar bosim ostida bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Bu oddiy insonlarning fikri, xolos.
Agar o‘yinchilarning o‘yini yaxshi bo‘lmasa, o‘zlari haqida internetda o‘qiydi va tushkunlikka tushib qoladi. Shundan so‘ng, ular o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi. Bu umuman to‘g‘ri emas.
Nunez barcha nohaq gaplarga chek qo‘ydi. U sobiq hujumchilarimizdan farq qiladi. Uning holati hozir shunchaki ajoyib", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar