
Yurgen Klopp davlat mukofoti bilan taqdirlandi (FOTO)
“Liverpul” va Dortmundning “Borussiya” klublari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun federal ordeni bilan taqdirlandi.
Bild xabariga ko‘ra, ushbu mukofot 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bayram - Germaniya birligi kuni munosabati bilan topshirilgan.
Germaniyalik murabbiy davlat mukofotini shaxsan prezident Frank-Valter Shtaynmaerning qo‘lidan qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2008 yildan 2015 yilgacha "Borussiya"ni boshqargan. Ushbu davr mobaynida Dortmund klubi ikki marta Germaniya chempioniga aylandi. 2015 yildan 2024 yilgacha esa Klopp "Liverpul" bosh murabbiyi sifatida ishladi va u bilan Chempionlar ligasi hamda Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar