
Yurgen Klopp: "Bolalar bilan kubokni yutib bo‘lmaydi", deyishdi. Men bu haqda bilmas ekanman"
Angliya liga kubogi finali "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi mersisaydliklarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Mazkur bahs yakuniga etgach, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Agar gollarni oldindan bashorat qila olsam, zo‘r ish bo‘lardi. Ammo baribir o‘yin menga yoqdi. Gol urilgan vaqtda "ajoyib", dedim. Biz ko‘rgan narsa shu qadar hayratlanarliki, u hech qachon takrorlanmasligi mumkin. Bu futbol olamida boshqa sodir bo‘lmaydi.
Inglizlar bizga nisbatan "bolalar bilan kubokni yutib bo‘lmaydi", deyishdi. Men bu haqda bilmas ekanman, ochig‘i (kuladi).
Murabbiylik faoliyatim davomidagi 20 yildan ortiq vaqt ichida bu men yutgan o‘ziga xos kubok. Bunda ishtirok etgan va g‘alaba qozonishimizda o‘z hissasini qo‘shgan barchadan faxrlanaman", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar