Yuqoriga ko‘tarilish uchun hali ancha harakat qilish kerak!

BEPUL PROPAN

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Mazkur reytingdan mamlakatimizning iqtidorli tennischilari ham joy oldi.

Reytingning yangilangan jadvalida o‘tgan haftada Avstraliya ochiq chempionatining saralash bahslarida ishtirok etgan Humoyun Sultonov 216-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sergey Fomin 577-pog‘onadan joy oldi.

Tennischilarimiz reytingda yanada yuqori ko‘tarilish uchun musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishi talab etiladi.

Kuchli o‘nlikda esa Yannik Sinner (Italiya) 11 ming 830 ochko bilan karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, Aleksandr Zverev (Germaniya) 7 ming 635 jamg‘arib uni ta’qib qilmoqda, Karlos Alkaraz (Ispaniya) esa 7 ming 10 ochko to‘plagan holda uchinchi pog‘onada qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!