Yuqori ligani tark etgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

  • 15 may, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionati yakunlanishiga ikki tur qolganida La Ligani tark etgan ikkinchi jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi. Avvalroq, chempionat autsayderi “Valyadolid” yuqori diviziondagi joyini saqlab qola olmasligini aniq bo‘lib ulgurgandi.

Tecno

36-turda “Las-Palmas” futbolchilari Andalusiyaga safar qilib, “Sevilya” mehmoni bo‘ldi. Bu bahsda Paskualning yagona goli mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi.

Mag‘lubiyatdan keyin “Las-Palmas” 32 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinda qoldi. Xavfli hududning qirg‘og‘i – 17-o‘rinda turgan “Alaves” murakkab uchrashuvda   “Valensiya”dan kichik himobda ustun keldi va ochkolarini 38 taga etkazib, La Ligada qolish masalasini hal qildi.

Aynan mana shu o‘yindagi natija “Las-Palmas”ni quyi ligaga ravona qildi. Ispaniyaning eng kuchli yigirma jamoasi musobaqasida ikki yil qatnashgan Kanar orollari jamoasi endi kelasi mavsum Segundada qatnashadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!