Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogida andijonliklar g‘olib bo‘lishdi

CHERY AUTO

Guliston shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning yunon-rum kurashida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Jamoaviy yo‘nalishda kechayotgan turnirda andijonlik yosh kurashchilar barcha raqiblarini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Finalda ular Toshkent viloyati jamoasidan ustun kelgan. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Samarqand viloyati vakillari farg‘onalik raqiblarini dog‘da qoldirishdi.

Eslatib o‘tamiz, ertadan boshlab erkin kurashchilar o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!