
“Yunayted” “Roma”ning asosiy yulduzini arzimagan pulga sotib olmoqchi
"Roma" yarim himoyachisining shartnomasidagi tovon puli haqida bir qancha klublar surishtiruv olib borishdi. Iyul oyi davomida faqatgina xorij jamoalari futbolchini 12 million evroga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Manchester Yunayted" Dibala haqida so‘nggi so‘rov yuborgan klubligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, argentinalik futbolchini jamoaga MYu bosh murabbiyi Erik ten Xag olib kelmoqchi.
Qayd etilishicha, 30 yoshli futbolchini APLga o‘tish g‘oyasi o‘ziga jalb qilmoqda, biroq hozircha rasmiy takliflar kelib tushmagan.
Dibala "Roma"da ikki mavsum o‘tkazdi va shu vaqt ichida "A Seriya"da 25 ta gol urdi.
Fikrlar