
Yozda “Roma”da bo‘laman
“Roma” mutasaddilari harchand urinmasin qishki transferlar vaqtida bosh murabbiy Joze Mourino so‘ragan futbolchi – Davide Frattezini qo‘lga kirita olmadi.
Rim klubida tarbiyalangan yarim himoyachining o‘zi ham poytaxtga qaytishga rozi bo‘lgandi. Lekin “Sassuolo” mavsum o‘rtasida asosiy o‘yinchilaridan birini qo‘yib yuborishga ko‘nmadi.
Tuttomercatoweb narshi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Frattezi Rim klubi rahbariyatiga mavsum tugashi bilan “bo‘rilar” safiga qo‘shilishga va’da bergan.
23 yoshli yarim himoyachining sassuololiklar bilan hamkorligi 2026 yilgacha rasmiylashtirilgan. Shuning uchun rimliklar o‘yinchi uchun mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar