
Yozda PSJ transferlarga qancha byudjet ajratishi ma’lum qilindi
"Pari Sen-Jermen" yozgi transferlar oynasi vaqtida 70 million evro atrofida mablag‘ sarflashga tayyor.
Le Parisien ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar o‘ng qanot himoyachisi, markaziy himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, parijliklar "Chelsi" himoyachisi Kurt Zumani sotib olishmoqchi. "Ko‘klar" ushbu transferni 30 million evroga baholashmoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi londonliklar safida 34 o‘yinda 1 gol va 3 assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar