Yozda olib kelingan posbon "Manchester Siti"ni tark etmoqchi
"Manchester Siti"ning angliyalik darvozaboni Jeyms Trafford klubni tark etish ehtimoli bor.
Xabarlarga ko‘ra, Trafford jamoadagi holatidan norozi. 23 yoshli darvozabon iyul oyida "shaharliklar" safiga kelib qo‘shilgan edi. Biroq Donnarumma kelishi bilan asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi. Jurnalist Teylor Marshalning ma’lum qilishicha, kiper muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi. Shu sababdan ham jamoadan ketish extimoli ancha yuqori. Traffordning "Manchester Siti"ga transferi 30 million evrodan ko‘proqqa tushgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarimigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, darvozabon joriy mavsumda barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi.



Fikrlar