Yozda "Atletiko"ni ikki nafar tajribali himoyachi tark etadi
Madridning "Atletiko" klubi mavsumlar oralig‘ida ikki nafar tajribali futbolchisini yo‘qotadi.
Marca nashrining xabar berishicha “matraschilar”ni yozda Diego Godin va Filipe Luislar tark etishadi. Ushbu masala yuzasidan klub rahbariyati yakuniy qarorga kelib bo‘lgan.
Aytish kerakki 33 yoshli futbolchilarning ikkalasi ham mavsum yakunlangach erkin agentga aylanishadi.
Yozda Godin "Inter"ga, Luis esa "Barselona"ga o‘tishi aytilmoqda.



Fikrlar