
Yovich "Real"dan yana imkon so‘ramoqda
"Real" 2019 yilda Evropaning ko‘plab top klublari bilan bo‘lgan kuchli raqobatda g‘olib chiqdi va Luka Yovichni sotib oldi. Chunki serbiyalik futbolchi o‘shanda Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ajoyib mavsumni o‘tkazgan edi.
Biroq, Madridga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Yovichning faoliyatida katta pasayish yuz berdi. Bu uning transfer narxiga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. “Real” uni ikki yil oldin 60 million evroga sotib olgan bo‘lsa, hozir uning narxi atigi 20 million evroni tashkil etadi.
"Real" rahbariyati pul ishlash uchun yozgi transferlar vaqtida Luka Yovichni sotmoqchi. Shunga qaramay, serbiyalik futbolchi rahbariyatdan o‘ziga yana bir imkon berishlarini so‘radi. Yovichning fikricha, u "Real" da Karlo Anchelotti boshchiligida o‘zini namoyon qila oladi, deb yozmoqda Marca.
Yovich o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Ayntraxt” safida ijarada o‘tkazdi va Bundesligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
Fikrlar