Yovan Jokich: "Hech kim biror narsaga 100 foiz erishamiz, deb kafolat bera olmaydi. Lekin..."

  • 11 yanvar, 10:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Farg‘onaning “Neftchi” klubi yangi mavsum uchun tarkibini “dahshat”li tarzda kuchaytirayotganini yaxshi bilasiz.

Eng katta transferlar hozircha “Neftchi” bilan bog‘liq. O‘zbekistondagi eng nomdor va qimmat futbolchilar aynan farg‘onaliklar jamoasiga ko‘chib o‘tishyapti.

Ana shunday futbolchilardan biri serbiyalik Yovan Jokich hisoblanadi. Bu futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan boshqa klublar ham bor edi. Biroq u “Neftchi”ni tanladi.

Sports.uz jurnalisti esa hozirda jamoasi bilan Antaliyada shug‘ullanayotgan Jokichga ayrim savollar bilan murojaat qildi.

- Yovan, siz oldingizda turgan bir qator variantlar orasidan “Neftchi”ni tanladingiz. Barchasi pul bilan bog‘liqmi?

- “Neftchi”ni tanlashimdan asosiy maqsad shuki, klub o‘z oldiga muayyan maqsadlarni qo‘ygan va o‘yinchilar yuqori saviyadagi professional hisoblanishadi.

- “Navbahor”dagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?

- Aytish kerak, “Navbahor”da esdan chiqmaydigan uch mavsumni o‘tkazdim.

- Holbuki, Namanganda yulduzli tarkib yig‘ilgandi. Ammo natija kutilganidek bo‘lmadi va o‘ylagan ishlar o‘xshamadi. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha, tarkibda yaxshi futbolchilar ko‘p edi, ammo Chempionlar ligasi klub uchun muvaffaqiyat keltirmadi deb ham ayta olayman. Shu bilan birga bizga Kubok va ligada omad kulib boqmadi.

- Endi “Neftchi” ham yulduzli tarkibni shakllantiryapti. Siz o‘sha yulduzlardan birisiz. O‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- A’lo  va men hammasi yuqori darajada bo‘lgan jamoaga keldim.

- “Neftchi” yig‘ilgan bunday tarkib bilan chempion bo‘lmasa bo‘lmaydi. Bunga 100 foiz ishonchingiz komilmi?

- Hech kim biror narsaga yuz foiz erishamiz, deb kafolat bera olmaydi, lekin biz oldimizga qo‘yiladigan vazifalarni bajarish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Klubga kelganingizdan keyin bosh murabbiy Vitaliy Levchenko bilan ilk suhbatingiz qanday o‘tdi?

- Murabbiy bilan aloqamiz zo‘r!

- Qaysi raqamni tanladingiz?

- Qaysi raqamni olishimni hozircha bilmayman. Ko‘ramiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!