Yoshlik va tajriba o‘zaro kuch sinashadi, ushbu klubga orqaga yo‘l yo‘q yoxud Superliganing 3-turi oldidan mutaxassis qanday fikrda?

  • 15 mart, 2022, 18:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

16 mart kuni Superliganing 3-turiga rasman start beriladi. Muxlislar chorshanba, payshanba, juva va yakshanba kunlari shiddatli bellashuvlarga guvoh bo‘lishadi.

Tecno

“Metallurg” – “Surxon” uchrashuvi bilan boshlanadigan tur 20 mart kuni AGMK – “Nasaf” qarama-qarshiligi ostida yakuniga etadi. Ungacha esa bir-biridan qiziqarli o‘yinlarga guvoh bo‘lamiz.

3-tur oldidan “Turon” jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Anvar Berdiev 7 ta juftlik borasida fikr bildirdi.

16 mart (chorshanba)

“Metallurg” – “Surxon”

- Bunday olib qarasak, “Metallurg” bu yilgi mavsumni juda ajoyib tarzda boshlay oldi, desak bo‘ladi. Bu turda “Metallurg” o‘z maydonida muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Menimcha, Bekobod jamoasining mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonish ehtimoli ko‘proq. O‘ylashimcha, “Metallurg”ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati 60x40 foiz.

surxon4_1

“Olimpik” – “Paxtakor”

- “Olimpik” – “Paxtakor”! To‘g‘risi, ushbu juftlikdan ham ajoyib o‘yinni kutyapman. Negaki, yoshlik bilan tajriba o‘zaro kuch sinashadi. Lekin futbol nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, “Paxtakor”da tashabbus bor. “Olimpik”ning iqtidorli yoshlari yaxshi harakat qilishyapti-yu, ammo taxminimcha, bu o‘yinda “Paxtakor”ning g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq. 40x60 foiz degan bo‘lardim.

paxtakor1_5

17 mart (payshanba)

“Dinamo” – “Qizilqum”

- Samarqanddagi uchrashuv ham juda yuqori darajada o‘tadi. “Dinamo” o‘z muxlislari oldida g‘alaba qozonmasa ham bo‘lmaydi. “Qizilqum”ga kelsak, ular mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlashib, ikkita uchrashuvda ikkita g‘alabaga erishishdi. To‘plar nisbati bo‘yicha turnir jadvalini boshqarib turibdi. Mening nazarimda, bu o‘yinda imkoniyatlar teng – 50x50. “Dinamo”ga orqaga yo‘l yo‘q. Ularni jonkuyar ishqibozlari bor. Samarqandlik muxlislar jamoasini qo‘llab-quvvatlab turishadi. Futbolchilarni oldinga borishga, hujumlar uyushtirishga talab qilishadi.

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912”

- Vodiy derbisida ham juda qaynoq o‘yin bo‘ladi. Bilamiz, bu yil “Navbahor” klubi ancha kuchaydi. Mezbonlarning eng asosiy ustunligi va plyus jihati – bu ularning muxlislari. “Navbahor” o‘z uyidagi ikkinchi uchrashuvda ishqibozlari qarshisida ajoyib harakat qilishsa kerak. Lekin “Qo‘qon-1912” ham anoyi jamoa emas. Baxtiyor Ashurmatov futbolchilarini qanday tayyorlashni biladi. Fikrimcha, bu bahsda ham imkoniyatlar teng. Nimaga? Chunki, “Navbahor”ga kelgan har bir futbolchini ko‘nikib, o‘ynab ketishi ham qiyin. O‘yinning borishiga qarab natija bo‘lishi mumkin. Juftlikda qaysidir klubning imkoniyatini yuqori baholay olmayman. Ammo shuni aniq bilamanki, namanganlik muxlislar o‘z jamoasiga 12-o‘yinchi sifatida katta yordam berishadi.

kukon2_4

18 mart (juma)

“Bunyodkor” – “Lokomotiv”

- Bilamiz, bu yil “Bunyodkor”ni ko‘plab asosiy futbolchilari tark etdi. Shuhrat aka Maqsudov yosh futbolchilar bilan ham ishlashni biladi. “Lokomotiv”da ajoyib jamoa bor. O‘tgan turda ular qiyin bo‘lgan uchrashuvda AGMKni mag‘lubiyatga uchratishdi. Hozirgi paytda “Lokomotiv”da ko‘tarinki kayfiyat. “Bunyodkor” klubi esa ikkita turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Aniqki, ular ham o‘z maydonida muxlislarini xursand qilishni xohlashyapti. O‘ylashimcha, durang bo‘lsa kerak.

“Neftchi” – “So‘g‘diyona”

- Juda shiddatli uchrashuv bo‘ladi. Men ham farg‘onalik muxlislar qatori ushbu o‘yinni kutyapman. Ikkalasi ham ajoyib jamoa. Mo‘minjonov Baqoevga qarshi. Stadionda juda yaxshi muhit bo‘ladi, shunga ishonchim komil. Ushbu bellashuvda men farg‘onalik muxlislar bilan birgaman. O‘yinni stadiondan turib tomosha qilmoqchi edim. Lekin biz jamoamiz bilan safarga ketgan bo‘lar ekanmiz. Televizor orqali “Neftchi” – “So‘g‘diyona” uchrashuvini tomosha qilamiz. Farg‘onalik muxlislar o‘zini “Neftchi”ning 12-o‘yinchisi deb hisoblashadi. Ammo raqib ham kuchli. O‘yindan avval ikkala klubning imkoniyati bir xil.

neftchi1_2

20 mart (yakshanba)

AGMK – “Nasaf”

- O‘zbekistonda hozirgi kundagi eng yaxshi murabbiylar – Ro‘ziqul aka Berdiev bilan Mirjalol aka Qosimov bir-biriga qarshi. Jiddiy kurashlarga boy o‘yin bo‘ladi. Dastlabki ikkita turda ikkala jamoa g‘alaba qozona olmagan. Lekin ishonchim komil, bu vaqtinchalik holat. “Nasaf” ham, AGMK ham medallar uchun kurashadi. To‘g‘risi, klublarning imkoniyati 50x50.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!