Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali kutib olindi
7-14 dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida yoshlar Para Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza, jami 197 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston delegatsiyasi bugun Toshkentga etib keldi.
Musobaqa qahramonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abduraxmanov, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati tomonidan tantanali kutib olindi.
Shundan so‘ng “Olimpiya shaharchasi”da Dubay-2025 yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbirda Tanzila Narbaeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para sportchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tadbirda so‘z olgan rasmiylar yosh para sportchilarimizni erishgan muvaffaqiyati bilan qutlab, ularning kelgusi faoliyatlarida ham ulkan zafarlar tilashdi.
Tadbir davomida musobaqada sovrindor bo‘lgan sportchilar va ularning murabbiylari 1-martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.



Fikrlar