
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida o‘smirlar Olimpiadasi uchun yo‘llanmalar beriladi
Bahrayndagi Osiyo o‘yinlarida "Dakar-2026" o‘smirlar Olimpiadasining yo‘llanmalari o‘ynaladi.
Osiyo Olimpiya kengashi joriy yil Bahraynda o‘tkaziladigan III yoshlar Osiyo o‘yinlarining yakuniy sanasi, dasturlari va yosh toifalarini e’lon qildi. Musobaqa avval rejalashtirilganidek, 22-31 oktyabr kunlari tashkil etiladi. O‘yinlar "Dakar-2026" o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga litsenzion xarakterga ega bo‘lgani bois, sport dasturlari va uning yosh chegaralarida o‘zgarish mavjud.
Musobaqaga jami 26 ta sport turi kiritilgan. Ularning 13 tasi "Dakar-2026" dasturidan o‘rin olgan. Mazkur yo‘nalishlarda qatnashadigan atletlarning yosh chegarasi 14-17 etib belgilangan. Bunga quyidagi sport turlari kiritiladi: Engil atletika, boks, futzal, stol tennisi, sohil kurashi, badminton, veloshosse, dzyudo, taekvondo, 3x3 basketbol, konkur, suzish va triatlon.
Quyidagi 13 sport turida yosh chegarasi 15-18 ni tashkil etib, ularda Dakar-2026 litsenziyalari o‘ynalmaydi: tuyalar poygasi, golf, kabaddi, tekbol, og‘ir atletika, otlar marafoni, gandbol, aralash jang san’ati turlari, voleybol, kibersport, jiu-jitsu, muay-tay, sport kurashlari (yopiq inshootda).
Fikrlar