
Yoshlar ligasi. "Navbahor" "Paxtakor"ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi
Bugun rasman 2020 yilgi futbol mavsumiga start berildi. Aniqrog‘i, bundan biroz avval Yoshlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Navbahor” jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuv 3:0 hisobida “Paxtakor”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” va “Navbahor”ning asosiy tarkib jamoalari o‘rtasidagi Superliganing ilk turidan o‘rin olgan bellashuv ertaga soat 16:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida start oladi.
Fikrlar