
Yoshlar jamoamizning Argentina, Braziliya va Urugvay bilan qachon o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Lotin Amerikasi terma jamoalariga qarshi uchrashuv vaqtlari ma’lum bo‘ldi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Argentina, Braziliya va Urugvay yoshlariga qarshi saf tortadi. Ular halqaro turnir g‘olibligi uchun kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, o‘yinlar 7, 9 hamda 11 sentyabr kunlari Urugvayning Maldonado shahrida joylashgan "Domingo Burgeniyo Migel" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar