Yosh MMAchilarimiz ajoyib natija qayd etdi

  • 11 avgust, 2024, 17:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ma’lum qilganimizdek, 5-10 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘smir-yoshlar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etildi. 
Albatta, ushbu dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, vakillarimiz munosib ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 7 bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Umumjamoa hisobida Ukraina va Tojikistondan so‘ng 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, bu galgi jahon chempionatida 47 ta mamlakat kuchli tarkib bilan ishtirok etdi. 

Tecno


Albatta, MMA yurtimizda qaysidir ma’noda yangi sport turi hisoblanadi. Shu ma’noda ushbu natijani qayd etish ham taxsinga sazovor ish desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbariyati, viloyat bo‘limlari mutasaddilari va murabbiylarni ajoyib natija bilan muborakbod etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!