
Yosh dzyudochilarimiz to‘liq tarkibda “Osiyo bolalari” musobaqasida ishtirok etadi
25 iyundan 7 iyulgacha Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida "Osiyo bolalari" kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
O‘z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada 232 kishidan iborat O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham qatnashadi. Ulardan 179 nafari sportchilar, 39 nafari murabbiylar hisoblanadi. Atletlarimiz 16 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qiladilar. Ular orasida dzyudochilarimiz ham bor.
Terma jamoa tarkibi:
-46 kg: Xushnud Sultonov
-50 kg: Xushnudbek Burxonov
-55 kg: Muhammadkarim Nosirov
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Bahodir Korpjursinov
-73 kg: Inomjon Bahodirov
-81 kg: Mustafo Shermahmatov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+90 kg: Munisbek Sodiqov
Qizlar:
-40 kg: Dinora Hasanova
-44 kg: Dilnoza Hamitova
-48 kg: Zuhra Alimova
-52 kg: Nigina Umirzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-63 kg: Durdona Tursunova
-70 kg: Elnora Salimova
+70 kg: Umida Nig‘matova
Murabbiylar - Muhammad-Yusuf Haydarov, Abduvosiq Toshmatov, Xurshidbek Ahmedov
Hakam - Ismoil Qurbonov.
Fikrlar