
Yaxshiboevning dubli "Energetik-BGU" klubiga BATE ustidan g‘alaba keltirdi
Belarus chempionatining dastlabki turida "Energetik-BGU" jamoasi o‘z maydonida mamlakatning eng kuchli klubi BATEni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
E’tiborli tomoni, hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev bellashuvda dubl muallifiga aylandi.
Uchrashuvning 84-daqiqasida Yaxshiboev o‘z o‘rnini yana bir o‘zbekistonlik Shoxboz Umarovga bo‘shatib berdi.
Eslatib o‘tamiz, butun Evropa bo‘ylab, koronavirus tufayli Belarusdan tashqari, barcha chempionatlar qoldirilgan.
"Energetik-BGU" 3:1 BATE
Gollar: J.Yaxshiboev 27', 34', Bakich 88', Skavish 64'.
"Energetik-BGU" – Lesko, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Girs, Tve, Musaxanyan (Sovpel 73'), Atemeng (Bakich 73'), Nosko, YaXShIBOEV (UMAROV 84').
BATE – Chichkan, Filipenko, Nastich, Volkov, Bessmertnmy (Milich 70'), Nexaychik, Stasevich, Baga, Dragun (Uilyamsson 77'), Berezkin (Kopitovich 70'), Skavish.
Fikrlar