Yaxshiboev jarohat oldi

  • 19 fevral, 2021, 17:30
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga Polsha Ekstraklasasi 18-turi doirasida "Legiya" jamoasi o‘z maydonida "Visla" klubini qabul qiladi. Varshavaliklar ustozi Cheslav Mixnevich bo‘lajak uchrashuv oldidan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboevning holati haqida aytib o‘tdi.

"Yaxshiboev sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazgan mashg‘ulotimiz tufayli kichik jarohat olganligini ma’lum qildi. O‘ylashimcha, u 2-3 kundan so‘ng to‘liq sog‘ayib, safga qaytadi", - dedi Mixnevich.

Ma’lumot uchun, "Legiya" va "Visla" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 20 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!