Yaponiyalik futbolchi yozda APLning top klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 29 mart, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" yarim himoyachisi Kaoru Mitoma APLning kuchliroq klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, 25 yoshli yaponiyalik futbolchiga “Liverpul” jiddiy qiziqib qolgan. Mersisaydliklar uni mavsumlar oralig‘ida qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rishmoqchi.

Tecno

Aytish kerakki, joriy mavsum Mitoma o‘zining o‘yinlari bilan ko‘plab top-klublar e’tiboriga tushdi. Avvalroq, futbolchiga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Kaoru Miotoma joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Aytish kerakki, yaponiyalik futbolchi APLda debyut mavsumini o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!