Yaponiya U-20 termasida "Barselona" futbolchisi to‘p tepishini bilarmidingiz?

  • 6 mart, 2023, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni vaqt Toshkentdagi "Jar" stadionida Qirg‘iz Respublikasi va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida 20 yoshgacha bo‘lgan Osiyo kubogi o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuv guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida o‘tkazilmoqda.

Tecno

Bizning e’tiborimizga tushgan tomoni, yaponiyaliklar safida harakat qilayotgan Niko Takaxashi "Barselona" futbolchisi hisoblanadi. U 22-raqamda himoya chizig‘ida harakat qilmoqda.

Takaxashi "Barselona"ning U-18 va  U-19 jamoalarida ko‘rinish bergan. 17 yoshli futbolchi himoyaning chap qanotida to‘p tepadi. Xitoyga qarshi ilk tur bellashuvida u zaxira o‘rindig‘ida qoldirilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!