
Yaponiya. Doston Tursunovning jamoasi iroda namoyish etdi
Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" klubi bu tur o‘z maydonida "Omiya"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. E’tirof etish joiz, mezbonlar uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada muvozanatni tiklashga erishdilar.
Tursunov mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi. Shu tariqa "Renofa Yamaguchi" hisobidagi ochkolar soni 12 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.
Yaponiya "J2" Ligasi. 13-tur
"Renofa Yamaguchi" - "Omiya" 2:2.
Fikrlar