
Yapon "Samuray"i frantsuz "ritsar"ini engdi
Yaponiyalik tennischi Kei Nishikori Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida mezbonlar vakili Jo-Vilfrida Tsongaga qarshi kortga chiqdi.
Parij shahri mezbonlik qilgan ular o‘rtasidagi to‘rt setlik o‘yinda yapon "samuray"i 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisobida "qora ritsar"dan ustun keldi.
Shu tariqa, "Rolan Garros"ning uchinchi davrasiga yo‘l olgan Nishikori, endi serbiyalik Laslo Dereni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar