Yangilangan WBA reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning natijalari qanday ko‘rinish oldi?

  • 3 yanvar, 2020, 13:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) dekabr oyi reytingini e’lon qildi.Unda bir qator o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari ham o‘rin olgan. Jumladan, 76,2 kg vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziev (4-4-0-0-3 KO) ilk marotaba top 15 talikdan o‘rin oldi. Xabaringiz bor, ushbu yurtdoshimiz so‘ngi jangida g‘alaba qozonib, WBA Continental Amerikas chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. U o‘z vazn toifasida 15-o‘rinda qayd etilgan.

Tecno

55,3 kg vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Murodjon Ahmadaliev ( 7-7-0-0-6 KO) esa hamon vazn toifasida etakchilik qilmoqda.

Yana bir iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimov ( 4-4-0-0-4 KO) 4-o‘rinda, Shohjahon Ergashev (17-17-0-0-15 KO) o‘z o‘rnini saqlagan holda 6-pog‘onada qayd etilgan. Rio Olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov (9-9-0-0-7 KO) esa bir pog‘ona pastlab, 8-o‘rinni egallab turibdi.

Reytingda boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!