
Yangilangan IBF reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qay o‘rinlarni band etishdi?
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning noyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
E’lon qilingan yangi reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) o‘z vaznida rasman birinchi raqamli da’vogar nomini saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, u 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obarani (21-4-1, 19 KO) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan va buning evaziga mart oyi uchun reytingda peshqadamga aylangandi. Abduqahhorov ayni vaqtda WBC reytingida beshinchi, WBO reytingida esa 10-o‘rinni egallab turibdi.
Super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) mazkur yo‘nalish reytingida sentyabr oyida bo‘lgani 6-o‘rindan joy oldi. Super engil vazn toifasining yana bir vakili Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 15-o‘rinda qayd qilindi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida oltinchi, WBO reytingida o‘n birinchi, WBC reytingda esa 28-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida Shahram G‘iyosov WBA reytingida ettinchi, WBC reytingida esa 22-o‘ringa joylashib olgan
IBF reytingidan o‘zbekistonlik boshqa bokschilar o‘rin olishmagan.
Fikrlar