Yangilangan FIFA reytingida qaysi terma jamoa 1-o‘ringa chiqishi ma’lum!

  • 28 mart, 2023, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hafta oxiriga qadar FIFA rasmiy saytida terma jamoalar reytingi yangilanadi. Jurnalistlar allaqachon hisob-kitob qilish orqali Argentina terma jamoasi ushbu reytingda birinchi o‘ringa chiqishini aniqlashdi.

Tecno

Amaldagi jahon chempioni mart oyida Panamani 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Braziliya Marokashga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkala o‘yin ham o‘rtoqlik o‘yinlari doirasida o‘tdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng braziliyaliklar baribir ikkinchi o‘ringa tushib qolishadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Frantsiyani (3:3) penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi. Navbatdagi jahon chempionati 2026 yil birdaniga uchta davlatda – AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!