
Yangi yulduz Sulsherdan norozi bo‘lmoqda
“Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan “Ayaks” yulduzi Donni van de Bek vakillari futbolchiga taqdim etilayotgan o‘yin vaqtining kamligidan norozilik bilirmoqda.
- Men “Brayton” kabi jamoaga qarshi o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Donni van de Bekning jamoadagi rolini umuman tushunmadim. Donnidek o‘yinchi uchrashuv yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida o‘yinga tushirilishiga ishongim kelmaydi. Lekin shunda ham u to‘rt daqiqa ichida uchta foydali ishni amalga oshira oldi. Hatto jamoaga g‘alaba keltirgan penalti belgilanishida ham Donnining ishtiroki bor, - dedi Donni van de Bekning agenti.
Donni van de Bek APLda ikkita uchrashuvni ham zaxiradan boshladi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar