Yangi o‘yinchi bir zarba bilan “Manchester Yunayted”ga rekord keltirdi

  • 17 avgust, 2024, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumdagi birinchi uchrashuvida “Manchester Yunayted” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Fulxem”ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Tecno

Manchesterliklarga dastlabki uch ochkoni keltirgan golni 87-daqiqada jamoaning yangi a’zosi Shoshua Zirkzee kiritdi.

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchining birgina aniq zarbasi manchesterliklarning antiqa rekordini uzaytirdi. Gap shundaki, “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida birinchi uchrashuvda g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Zirkzee kiritgan gol “Old Trafford” egalari uchun chempionatning ilk bahslaridagi 22-g‘alaba bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikki o‘rinda “Chelsi” bormoqda. “Aristokratlar” o‘z tarixida 20 marta ilk bellashuvda zafar quchgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onada borayotgan “Liverpul” hisobida bunday g‘alabalar 18 tani tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!