
Yangi murabbiy Donnarummaning PSJdagi faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin
Janluiji Donnarummaning PSJdagi asosiy darvozabon maqomi xavf ostida qolishi mumkin.
L'Equipe nashrining yozishicha, yangi bosh murabbiy Luis Enrike oyoqlari bilan yaxshi o‘ynaydigan darvozabonlarni afzal ko‘radi, bundan iqtidor esa italiyalik posbonda yo‘q.
Parijliklar katta ehtimol bilan Serxio Rikoning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli unga munosib nomzod izlashga majbur bo‘lishadi. Bu borada ularda ikkita variant bo‘lishi mumkin: Donnarummaning o‘rniga kimnidir olish yoki u bilan raqobatlashadigan darvozabon topish.
Agar PSJ ikkinchi variantda to‘xtasa, David De Xea ("Manchester Yunayted"ning sobiq posboni), Ugo Loris (Tottenxem) yoki Kepa Arrisabalaga ("Chelsi") bilan muzokara olib borishga harakat qilishi mumkin.
Fikrlar