
Yangi mavsum O‘zbekiston Superligasida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum
Bugun Yaypanda Superliga o‘tish o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Pro ligada 3-o‘rinni egallagan “Turon”, Superligada 12-pog‘onani band etgan “Lokomotiv” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda dastlab Humoyun Murtozaev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning o‘zida Sanjar Qodirqulov muvozanatni tiklagandi. Ammo 76-daqiqada Sardor Abdunabiev “Turon”ga g‘alaba keltiradigan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, “Turon” o‘tish o‘yinida g‘alaba qozonib, Superligaga yo‘llanma oldi. Yaypanliklar bu ishni ikkinchi bor amalga oshirdi.
Endi Pro Ligadan chempion “Andijon”, vitse-chempion “Buxoro” va 3-o‘rinni egallagan “Turon” elitaga yo‘l oldi. Superligani “Dinamo”, “Qo‘qon-1912” hamda “Lokomotiv” tark etdi.
Superliga-2023da ishtirok etadigan barcha klublar ma’lum bo‘ldi.
1.“Paxtakor”
2.“Navbahor”
3.“Nasaf”
4.AGMK
5.“Qizilqum”
6.“Olimpik”
7.“So‘g‘diyona”
8.“Bunyodkor”
9.“Neftchi”
10.“Metallurg”
11.“Surxon”
12.“Andijon”
13.“Buxoro”
14.“Turon”
Qiziq tomoni, Pro ligaga ravona bo‘lgan "Qo‘qon-1912"ni boshqarib, yozda iste’foga chiqarilgan Baxtiyor Ashurmatov shundan so‘ng "Turon" bilan Superligaga chiqdi.
Fikrlar