Yana o‘ynasam bo‘lardi! Zidan futboldan erta ketgani sababini oshkor qildi

  • 18 noyabr, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” va “Real” kabi grand klublarda porlagan frantsiyalik futbol yulduzi Zinedin Zidan 34 yoshida futbol bilan xayrlashishga qaror qilgan edi. Futbol afsonasi faoliyatini nega buncha erta tugatgani sabablarini aytdi.

Tecno

- “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvdan keyin faoliyatimni yakunlash bo‘yicha bir to‘xtamga kelganimda bu har tomonlama o‘ylab qabul qilingan qaror bo‘lgandi. Menga turli safarlar va mehmonxonalarda yashash yoqmay qolgandi.

Uy uchrashuvlarini o‘tkazgan paytda ham baribir mehmonxonalarga joylashardik. Aynan mana shu sabab men 34 yoshimda butsamni mixga ildim.

Jismoniy holatim yana ikki-uch yil yuqori darajada o‘ynash imkonini berardi. Lekin safar uchrashuvlari va yig‘inlar jonimga tegib ketgan edi, - dedi Zinedin Zidan.

Zinedin Zidan klublar miqyosida deyarli barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Frantsiya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!