
Yana bir terma jamoa muddatidan avval Evro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan bir qator bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Italiya o‘z maydonida Gretsiyani qabul qildi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng Roberto Manchini jamoasi muddatidan avval Evropa chempionati final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Gap shundaki, Italiya saralashning yakunlanishiga 3 tur qolganda eng yaqin ta’qibchisidan naqd 11 ochkoga ilgarilab ketdi. Shu tariqa “Skuadro Adzurro” ketma-ket 7-marta qit’a birinchiligida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Fikrlar