Yana bir sportchimiz italyan klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 28 oktabr, 2020, 13:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yosh umidli vakili Behzodbek Rahimboevning iqtidori ko‘plab xorijiy klublarning diqqat-markazida bo‘lib kelmoqda edi. Yakunda Italiyaning “Team Viris Vigevano” klubi hamyurtimiz bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Unga ko‘ra, yurtdoshimiz 2021 yil xalqaro musobaqalarda ushbu jamoa sharafini himoya qiladi. Italyan klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Rahimboevni jamoa vakili sifatida rasman tanishtirdi.

photo_2020-10-27_14-22-33

Avvalroq, futbolchimiz Eldor Shomurodov Italiyaning "Jenoa" klubi safiga borib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!